Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan Xitoyga neft yetkazib berish narxi canksiyalardan keyin uch baravar qimmatlashdi
AQShning yangi sanksiyalari kiritilgunga qadar Rossiyadan Xitoyga neft tashish narxi 1,5 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, bir necha kundan keyin u 5-5,5 million dollargacha ko‘tarildi, deb yozadi Bloomberg. Treyderlar stavkalar yanada oshishini kutishmoqda.
Vashington neft sektori va Rossiya soyadagi flotiga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilganidan keyin Rossiyadan Xitoyga neftni tashish narxi keskin oshdi. Rossiyaning ESPO neftini Uzoq Sharqdagi Kozmino portidan Xitoyga tashish uchun yuk narxi uch barobardan ko‘proqqa oshdi – sanksiyalar joriy etilgunga qadar 1,5 million dollardan 13 yanvarda 5-5,5 million dollargacha yetdi, deb xabar berdi Bloomberg 16 yanvar, payshanba kuni treyderlarga tayanib.
Treyderlar Rossiya nefti uchun yuk stavkalarining yanada o‘sishini kutishmoqda. Kozmino-Xitoy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan tankerlarning aksariyati Aframaks tipidagi kemalar bo‘lib, ular 750 ming barrelgacha neftni tashishga qodir, deya qayd etadi agentlik.
Rossiya soyadagi floti kemalarining 10 foizi dengizda qolib ketgan
Avvalroq AQShning yangi sanksiyalari kiritilgach, Rossiya soyadagi flotining 3,5 milliard dollardan ortiq neft tashiyotgan tankerlarining 10 foizi dengizda qolib ketgani xabar qilingandi. Bu kemalar so‘nggi ikki yarim hafta ichida Rossiyadan jo‘natilgan neftni tushira olmayapti. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy, Singapur va Rossiya qirg‘oqlari yaqinida Rossiya nefti bo‘lgan kamida 65 tanker suzib yuribdi.
10 yanvar kuni Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga neft eksport qiluvchi ikkita yirik kompaniya — «Gazprom neft» va «Surgutneftegaz»ga qarshi bloklovchi sanksiyalar kiritdi. Ularga, o‘nlab boshqa kompaniyalar qatori, endi dollar yoki Amerika moliya tizimidan foydalangan holda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlangan. Rossiyaning eng yirik yuk tashish kompaniyasi "Sovkomflot" ham sanksiyalar ostida qoldi.
Hozirda turli mamlakatlar bayroqlari ostidagi 183 ta tanker cheklovlar ostida. Ular Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushi tufayli G‘arb tomonidan kiritilgan sanksiyalarni buzgan holda Rossiya nefti va neft mahsulotlarini tashiyotgani aytilmoqda. Tahlilchilarning fikricha, dunyodagi neft tankerlari parkining taxminan 10 foizi allaqachon sanksiyalar ostida.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025