Jamiyat | 17:44 / 17.01.2025
9150
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 4 nafar egizak chaqaloq tug‘ildi

Ularning ahvoli yaxshi va shifokorlar nazoratida ekani ta’kidlanmoqda.

Foto: Videodan kadr

Toshkentda ayol 4 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu haqda «Millar» dasturi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, yosh oila asli Surxondaryodan bo‘lib, chaqaloqlar shifokor nazoratida bo‘lishi uchun Toshkentga kelgan.

Oilaning farzandlari soni 5 nafarga yetdi, ularning 2 yoshli qizi ham bor.

Yangi tug‘ilgan bolalar ikki o‘g‘il va ikki qiz. Ularga Muhammad, Mustafo, Sumayya va Safiya ismlari qo‘yildi. Ayni vaqtda ular sog‘lom ekani ta’kidlanmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов

Mavzuga oid