Iqtisodiyot | 11:40 / 18.01.2025
1810
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Hindistonning yirik konglomerati bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonning Reliance Industries Limited kompaniyasi strategik taraqqiyot bo‘yicha prezidenti Kamal Nanavati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

Elchi mamlakatda so‘nggi yillarda hayotga tatbiq etilayotgan yangilanish jarayoni, milliy iqtisodiyotni izchil rivojlantirish, turli yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, xorijlik sarmoyadorlar va tadbirkorlarning muvaffaqiyatli faoliyati uchun yaratilgan qulay va jozibador muhit haqida so‘zlab berdi.

Reliance Industries Limited Hindistonning eng yirik nodavlat kompaniyalaridan biri bo‘lib, uning faoliyat ko‘lami energetika, neft-kimyo, to‘qimachilik, telekommunikatsiya, chakana savdo va boshqa sohalarni qamrab olgan.

Shu sababli mamlakatning ushbu sohalardagi ulkan salohiyati va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud bo‘lgan keng imkoniyatlar haqidagi batafsil ma’lumot katta qiziqish bilan kutib olindi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Reliance Industries Limited o‘rtasida neft-kimyo, to‘qimachilik, qayta tiklanadigan energetika va boshqa dolzarb yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid