Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil armiyasi qo‘mondoni iste’foga chiqadi
Gersi Ha-Levi HAMAS tomonidan 2023 yil 7 oktyabrda amalga oshirilgan hujumni qaytara olmagani uchun «javobgarlikni tan olgan».
Isroil Mudofaa kuchlari (TSAHAL) shtab boshlig‘i general-leytenant Gersi Ha-Levi shu yilning mart oyida iste’foga chiqishini ma’lum qildi. U HAMAS terrorchilari tomonidan 2023 yil 7 oktyabrda amalga oshirilgan hujumni qaytara olmagani uchun «javobgarlikni tan olgan holda o‘z lavozimini tark etmoqda», deb yozdi The Times of Israel.
Ha-Levi vakolat muddati tugashiga 10 oy qolganda, 6 mart kuni iste’foga chiqadi. Bu haqda u bosh vazir Binyamin Netanyahu va mudofaa vaziri Israel Katsga maktub yubordi.
Qolgan olti hafta ichida Ha-Levi Isroil armiyasining 7 oktyabrdagi muvaffaqiyatsizliklari haqidagi hisoboti ustida ishlashni rejalashtirmoqda.
2024 yil aprel oyida Isroil harbiy razvedkasi rahbari general-mayor Aaron Haliva iste’foga chiqqan edi. U ham 7 oktyabr kunidagi muvaffaqiyatsizliklar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. The New York Times xabariga ko‘ra, Isroil razvedka idoralari Falastinning HAMAS guruhi harbiy rejalari haqida 2023 yil 7 oktyabrdan bir yildan ko‘proq vaqt oldin xabar topgan, ammo jiddiy qabul qilmagan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025