Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni O‘zbekistonga taklif qildi
O‘zbekiston prezidenti Donald Trampni AQSh prezidenti lavozimga kirishgani bilan tabriklab, maktub yo‘lladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampni ushbu lavozimga rasmiy kirishgani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston prezizidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida Donald Trampning yangi muddatdagi faoliyati davomida AQShning xalqaro maydondagi nufuzi va obro‘-e’tibori, iqtisodiy qudrati va salohiyati, global miqyosdagi o‘rni va ahamiyati yanada ortishiga ishonch bildirdi.
Maktubda O‘zbekiston AQShning mamlakat mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosatini yuqori baholaydi va alohida qadrlashi qayd etilgan.
«Sizning birinchi prezidentlik davringizda O‘zbekiston-AQSh o‘rtasida yangi davrdagi strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilganini va ko‘p qirrali aloqalarimiz yuqori bosqichga ko‘tarilganini istar edim. Biz bundan keyin ham ikki va ko‘p tomonlama platformalar doirasida uzoq muddatli hamkorligimizni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz», — deyiladi O‘zbekiston prezidenti maktubida.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.
AQShda 2024 yilgi prezidentlik saylovlari yakunlari 6 noyabr kuni e’lon qilingandi. Unda respublikachilar nomzodi Donald Tramp g‘olib bo‘ldi — u amaldagi prezident Jo Bayden poygani tark etganidan keyin Demokratik partiyadan nomzod qilib ko‘rsatilgan Kamala Harrisni mag‘lub etdi. Tramp ikkinchi bor Oq uyga rahbarlik qiladi — uning birinchi muddati 2017 yildan 2021 yilga qadar davom etgandi.
20 yanvar kuni Donald Tramp AQShning 47-prezidenti lavozimini rasman egalladi.
Mavzuga oid

23:23 / 13.03.2025
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi

17:56 / 13.03.2025
Parij ko‘chalaridan biriga Samarqand nomi berildi

17:53 / 13.03.2025
Kutilmagan tuhfa, oliy mukofot, o‘zbekcha gapirgan Makron - O‘zbekiston–Fransiya munosabatlarida yangi sahifa

17:10 / 13.03.2025