Peskov Trampning «neft tahdidi» urushni to‘xtatmasligini aytdi
Donald Tramp Moskva va Kiyev o‘rtasidagi urushni tugatish uchun jahon bozorida neft narxini pasaytirishga chaqirgan edi. Kreml buning befoyda ekanini ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti
Rossiya-Ukraina urushining borishi neft narxining o‘zgarishiga bog‘liq emas. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov gapirdi.
Avvalroq, Donald Tramp Moskva va Kiyev o‘rtasidagi urushni tugatish uchun jahon bozorida neft narxini pasaytirishga chaqirgan edi.
«Bu mojaro neft narxiga bog‘liq emas. Ushbu mojaro Rossiyaning milliy xavfsizligiga tahdid, ma’lum hududlarda yashovchi ruslarga tahdid, shuningdek, amerikaliklar va yevropaliklarning Rossiya xavotirlarini tinglashni istamasligi va to‘liq rad etishi tufayli sodir bo‘lmoqda va bu neft narxiga aloqador emas», dedi Peskov.
Shuningdek, u Kreml AQSh yangi prezidenti bilan muloqotga tayyorligini va Vashingtondan «signal kutayotganini» ta’kidladi.
23 yanvar kuni Donald Tramp Davosdagi iqtisodiy forumda videoaloqa orqali chiqish qilib, Saudiya Arabistoni va OPEC davlatlaridan neft narxini pasaytirishni so‘ragan edi. «Agar narx pasaysa, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush darhol to‘xtaydi», dedi u.
AQSh prezidenti, shuningdek, Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun yaqin orada Vladimir Putin bilan uchrashishni xohlayotganini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid

21:51 / 05.05.2025
AQShni o‘z xohishi bilan tark etadigan noqonuniy migrantlarga 1000 dollardan pul beriladi

21:12 / 05.05.2025
AQSh narkokartellarga qarshi kurashuvchi idoralararo tuzilmani tugatmoqda

15:55 / 05.05.2025
Tramp uchinchi muddat, tinchlik muzokaralari va savdo urushi oqibatlari haqida gapirdi

10:26 / 05.05.2025