Axios: AQSh Ukrainaga Patriot ZRK uchun o‘nlab raketalarni beradi
Axios ma’lumotlariga ko‘ra, Patriot havo mudofaa tizimlari uchun Amerikaning 90 ga yaqin raketalari allaqachon Isroildan Polshaga yetkazilgan va Ukraina Qurolli kuchlariga topshiriladi. Nashrda ZRK tizimlarining o‘zi Ukrainaga yetkazilishi haqida so‘z yuritilmagan.

Foto: Global Look Press/Sebastian Gollnow
AQSh harbiylari Isroildagi omborlardan 90 ga yaqin Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi uchun raketalarni olib chiqib ketdi va ularni AQSh va NATO mamlakatlari tomonidan Ukrainaga qurol yetkazib berish uchun asosiy logistika markazi hisoblangan Polsha janubi-sharqidagi Jyeshuv shahriga yetkazdi. 28 yanvar, seshanba kuni kechqurun Axios agentligi uch xabardor manbaga tayanib yozishicha, bu Isroildan Ukrainaga Rossiya bosqinidan buyon eng yirik qurol-yarog‘ yetkazib berishdir. Shu bilan birga, Kiyevga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berilishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Nashr ta’kidlaganidek, o‘tgan yilning aprel oyida Isroil harbiy-havo kuchlari Patriot havo mudofaa tizimini AQSh tomonidan birinchi marta mamlakatga topshirilganidan 30 yildan ko‘proq vaqt o‘tib rasman foydalanishdan chiqargan. Bugungi kunda u Isroil uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotdi, chunki u o‘zining havo mudofaa tizimlarini ishlab chiqdi ("Temir gumbaz" va David's Sling) hamda Patriot ZRK batareyalarining aksariyati o‘quv maqsadlarida ishlatilgan yoki saqlashda qolgan.
«So‘nggi kunlarda AQSh harbiy-havo kuchlarining C-17 transport samolyotlari Isroil janubidagi bazaga yetib keldi va u yerdan Polshaning Jyeshuv shahriga uchib ketdi», — deyiladi maqolada. Qo‘shimcha jihozlar, jumladan radarlar va havo hujumidan mudofaa tizimlarining boshqa elementlari birinchi navbatda modernizatsiya qilish uchun AQShga yuboriladi. Nashr shuningdek, 28 yanvar kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu telefon orqali muloqot qilganini ta’kidlaydi.
Isroil Ukrainaga Rossiya qurollarini yetkazib berishni boshlagan bo‘lishi mumkin
Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil Ukrainaga Yaqin Sharqdagi harbiy amaliyotlar chog‘ida Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) tomonidan qo‘lga olingan Rossiya qurollarini yetkazib berishni boshlagan. Bu haqda 25 yanvar kuni Yevropa va dunyoning boshqa mintaqalaridagi harbiy mojarolarni tahlil qiluvchi OSINTdefender loyihasi xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, shu haftada AQSh harbiy-havo kuchlarining bir nechta Boeing C-17 harbiy transport samolyotlari Germaniyadagi Ramshtayn aviabazasidan Isroil janubidagi Xatserim havo bazasiga uchgan, shundan so‘ng ular Polsha janubi-sharqidagi Jyeshuv shahriga yo‘l olgan. Shahar AQSh va NATO davlatlari tomonidan Ukrainaga ko‘rsatiladigan harbiy yordam uchun asosiy logistika markazi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
Mavzuga oid

19:15 / 03.05.2025
Ukraina Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi

17:18 / 03.05.2025
Zelenskiy Putin taklif qilgan 3 kunlik sulhni rad etib, 30 kunlik otashkesimga chaqirdi

13:37 / 03.05.2025
AQShda Ukraina uchun F-16 sotib olish va texnik xizmat ko‘rsatish paketi tasdiqlandi

12:59 / 03.05.2025