Iqtisodiyot | 13:32 / 30.01.2025
2027
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda Xitoy ishtirokida qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani hokimi Sherzod Rahmonov boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoyning Shanhay shahriga safari uyushtirildi.

Foto: "Dunyo" AA

Safar davomida O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi hamda G2B va B2B formatidagi muzokaralar tashkil etildi. Unda Xalqaro savdoni rivojlantirish bo‘yicha Xitoy kengashi Shanhay shahar Pudun tumani departamenti rahbariyati va yetakchi kompaniyalar vakillari qatnashdi.

Xitoy tomoni ushbu forum ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek, ular Samarqand viloyatida savdo, iqtisodiyot, investitsiya va turizm sohalarida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

Tadbir yakunida Xitoy kompaniyalari bilan 2025 yilda qurilish, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, turizm sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va xitoylik tadbirkorlarning Past Darg‘om tumaniga biznes-missiyasini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

Mavzuga oid