Air Busan samolyotidagi yong‘inga pauerbank sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda
Janubiy Koreyaning Air Busan aviakompaniyasi samolyotidagi yong‘inga yo‘lovchi bagajidagi pauerbank sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Foto: AP
28 yanvar kuni Janubiy Koreyaning Air Busan aviakompaniyasi Airbus A321-200 samolyoti parvozga tayyorlanayotgan vaqtda dum qismida yong‘in sodir bo‘lgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, omadli tasodif tufayli samolyotning parvozi 20 daqiqaga kechiktirilgan.
Janubiy Koreya Yer, infratuzilma va transport vazirligi 30 yanvar kuni samolyotdan qora qutilar olinganini ma’lum qildi. Airbus zavodi shtab-kvartirasi joylashgan Fransiyadan tergovchilar guruhi ham Koreyaga yetib keldi. Ular xalqaro qoidalarga muvofiq tergovga qo‘shiladi.
Yong‘in havo layneri parvozga tayyorlanayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Samolyot bortidagi barcha 176 kishi - 169 yo‘lovchi va 7 ekipaj a’zosi muvaffaqiyatli evuakatsiya qilindi, faqat 7 nafari yengil jarohatlar oldi.
Parvozdagi yo‘lovchilar guvohligiga ko‘ra, yuqori yuk javonidan «qarsillagan» ovoz eshitilgan, keyin esa tutun chiqqan. Shuningdek, styuardessaning guvohlik berishicha, yong‘in 28-qatordagi o‘rindiqlar ustidagi javonda boshlangan.
Tergov hozircha guvohlarning ko‘rsatmalarini tasdiqlagani yo‘q. Biroq, Air Busan rasmiylarining ommaviy axborot vositalariga ma’lum qilishicha, yong‘inga «yo‘lovchining yuqori javonda joylashgan portativ quvvat beruvchi moslamasi (pauerbank) sabab bo‘lgan».
Mavzuga oid

17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi

18:34 / 01.05.2025
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi

12:36 / 24.04.2025