Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada qutqaruvchilar o‘pirilib tushgan asfalt ostidan uch kundan beri haydovchini topa olmayapti
Yuk mashina haydovchisi transport vositasi bilan chuqurligi 15 metrga yetadigan o‘raga tushib ketgan. Avvaliga u qutqruvchilar bilan gaplashib turgan, ammo oxirgi kunlarda ovoz chiqarmay qo‘ygan.
Yaponiyaning Yashio shahrida qutqaruvchilar uch kundan beri o‘pirilgan avtomobil yo‘liga tushib ketgan yuk mashina haydovchisini qidirish bilan shug‘ullanmoqda. Tibbiyot xodimlari haydovchi allaqachon vafot etgan bo‘lishi mumkinligidan xavotirda, deb xabar beradi Euronews.
Qayd etilishicha, 28 yanvar kuni 74 yoshli haydovchi mashinasi bilan birga kengligi 40 metrga, chuqurligi esa 15 metrga yetadigan o‘raga tushib ketgan. Ayni vaqtda o‘t o‘chiruvchilar jabrlanuvchining oldiga yetib borish maqsadida pandus tushirmoqda. Ta’kidlanishicha, o‘ra odamlar ko‘z o‘ngida kengayib, yerosti suvlari bilan to‘lib bormoqda.
Taxminlarga ko‘ra, krater eski kanalizatsiya tizimlari birlashgan joyda yuzaga kelgan. O‘t o‘chirish xizmati vakili Yoshifumi Xasiguchining aytishicha, haydovchi chuqurlikka tushib ketganidan keyin qutqaruvchilar bilan gaplashgan, ammo oxirgi kunlarda ovoz chiqarmay qo‘ygan.
Qutqaruvchilar, shuningdek, o‘raga dron tushirgan, ammo bu kerakli ma’lumotlarni olishga xizmat qilmagan. «Vaziyat o‘ta xavfli», — deya tan oladi o‘t o‘chirish xizmati boshlig‘i Yashio.
Yuzaga kelgan o‘raning 200 metr radiusida yashovchi aholi suv tarmoqlaridan foydalanishni vaqtincha kamaytirishga chaqirilgan — bu yerosti suvlarining zaxirasi oshib ketmasligiga xizmat qiladi. Yer, infratuzilma va transport vazirligi kanalizatsiya tizimlarining umummilliy tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
21:15 / 21.05.2025