Tailandda ichida sayyohlar bo‘lgan avtobus 15 metr balandlikdan tushib ketdi
Hodisa haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yuz bergan. Yo‘l-transport hodisasi tufayli to‘qqiz kishi jarohat olgan.

Foto: Telegram / shot_shot
Tailandda sayyohlarni olib ketayotgan avtobus tog‘ yo‘lidan tushib ketdi. Bu haqda Telegramʼdagi SHOT kanali xabar berdi.
«Avariya Pxuketdagi Karon—Patong dovonida yuz berdi. Bir guruh sayyohlarni ekskursiyaga ketayotgan bo‘lgan. Avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, menmonxona yaqinidagi trassadan chiqib ketgan. Guvohlarning aytishicha, qutqaruvchilar avtobusdagi odamlarni tog‘dan pastga tushirib olgan», — deyiladi xabarda.
YTH oqibatida to‘qqiz kishi jarohat olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning ikki nafari rossiyalik, to‘rt nafari esa xitoylik.
BrightTV ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus 15 metr balandlikdan tushib ketgan. Hodisa joyiga qutqaruv xizmatlari jalb etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil oktyabr oyida Tailandda 40 ga yaqin o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid

20:05 / 05.05.2025
Xitoyda kuchli shamol sayyohlik kemalarini ag‘darib yubordi. 10 kishi halok bo‘ldi

23:57 / 02.05.2025
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi

19:45 / 28.04.2025
Tailandga boradiganlar uchun yangi talab joriy etildi

17:41 / 25.04.2025