23 yoshli ayolni Rossiyaga fohishalik uchun sotib yubormoqchi bo‘lgan erkakka hukm o‘qildi
Do‘stlik tumanida erkak 23 yoshli ayolni Rossiyaga fohishalik uchun sotib yubormoqchi bo‘lganida ushlandi.

Foto: Videodan kadr / Milliy TV
Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida 23 yoshli ayolni fohishalik uchun sotib yubormoqchi bo‘lgan erkakka sud hukmi o‘qildi.
Qayd etilishicha, 29 yoshli erkak o‘ziga notanish bo‘lgan ayolni Rossiyaga fohishalik qilish maqsadida sotib yubormoqchi bo‘lganida ushlangan.
«Aybimga iqrorman, pushaymonman. Oilada yagona boquvchiman. Xotinim homilador va bir nafar voyaga yetmagan farzandim bor. Suddan yengillik so‘rayman», — dedi ayblanuvchi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumani sudi erkakni Jinoyat kodeksining 135-moddasi 1-qismi (Odam savdosi) bilan aybli deb topdi. Unga nisbatan 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid

21:59 / 23.05.2025
Finlandiya parlamenti bosh kotibi davlatga xiyonatda gumonlanmoqda

21:14 / 23.05.2025
Rossiya va Ukraina 390 nafar asirni almashtirdi

20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi

19:13 / 23.05.2025