Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qarzdor xonadon sabab butun uy issiqlik ta’minotidan uzilishi rad etildi
Issiqlikni barqaror hamda uzluksiz ta’minlash maqsadida barcha chora-tadbirlar ko‘rilayotgani ta’kidlandi.
Ko‘p kvartirali uy xonadonlaridan birining isitish tizimidan qarzi mavjudligi sababli, butun turar-joy binosida issiqlik ta’minotining o‘chirilishi haqida tarqalayotgan ma’lumotlar yolg‘on. Bu haqda Toshkent shahrini issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi Veolia Energy kompaniyasi xabar berdi.
«Qo‘shnilarning qarzi tufayli ko‘p kvartirali uyda kommunal xizmatlarning o‘chirilishi haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», deyiladi xabarda.
Kompaniya kommunal xizmatlar sifatiga bo‘lgan e’tiborni yuqori baholashini, issiqlikni barqaror hamda uzluksiz ta’minlash maqsadida barcha chora-tadbirlarni ko‘rayotganini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025