Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«To‘ntarishni to‘xtating. Hech kim Maskka ovoz bermagan» - Tramp ma’muriyatining qarorlari namoyishlarni keltirib chiqardi
Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda, AQSh prezidenti lavozimiga kirishgach, AQShning o‘zida ham, butun dunyo bo‘ylab ham ulkan rezonans ko‘targan qator qonunlarni imzoladi. Oq uydagi birinchi kundanoq Tramp tug‘ilgan joyi bo‘yicha AQSh fuqaroligini berishni cheklashga qaror qildi (sud bu farmonni allaqachon bekor qilgan), migrantlarni qabul qilish va boshpana taqdim etish qoidalarini o‘zgartirdi, AQShning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqishi tashabbusini ilgari surdi, shuningdek butun dunyo bo‘ylab faoliyat olib boruvchi Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali yordam taqdim etishni to‘xtatdi.
Bundan tashqari, Tramp Kanada, Meksika va Xitoy bilan savdo urushi boshlashga tayyorligini e’lon qildi, transgender sportchilarga ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda ishtirok etishni taqiqladi, shuningdek, AQSh hukumati faqat ikki gender — «erkak va ayol»ni tan olishini bildirdi. AQSh yangi prezidenti faolligi mamlakat chegaralaridan tashqariga ham tarqalgan, jumladan, u AQSh G‘azo sektorini «o‘z nazoratiga olish»ga tayyorligini ma’lum qilgan.
SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask rahbar etib tayinlangan va keng vakolatlarga ega bo‘lgan Davlat samaradorligi departamenti (DOGE) ham o‘zini ko‘rsatmoqda.
Bunga javoban ijtimoiy tarmoqlarda ishtirokchilari #buildtheresistance va #50501 heshteglaridan foydalanib, mamlakat aholisini Tramp va uning ma’muriyati tahdidi ostida qolgan demokratiya himoyasi uchun otlanishga chaqirayotgan «50501 harakati» (50 namoyish, 50 shtat, bir kunda) yuzaga keldi. Ular Tramp safdoshlari tomonidan ishlab chiqilgan «Loyiha 2025» deb nomlangan rejani izchillik bilan amalga oshirayotganini aytishmoqda. Shu bilan birga, CNN qayd etishicha, Trampning o‘zi bir necha bor bunday hujjat bilan tanish emasligini bildirgan.
«Meduza» «50501 harakati» doirasida 5 fevral kuni bo‘lib o‘tgan aksiyalardan fotosuratlarni taqdim etdi.
Nick Wosika / Icon SMI / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Lindsey Wasson / AP / Scanpix / LETA
Edna Leshowitz / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
David Swanson / Reuters / Scanpix / LETA
John Locher / AP / Scanpix / LETA
Matt Rourke / AP / Scanpix / LETA
Brian Branch Price / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Fred Greaves / AFP / Scanpix / LETA
Justin Sullivan / Getty Images
Mavzuga oid
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025