«Do‘st davlatlar» Rossiyaga sarmoya kiritishga shoshilmayapti
Rossiya iqtisodiyotiga kiritilgan xorijiy sarmoyalarning umumiy hajmi 235 milliard dollarga tushib ketdi, bu so‘nggi 15 yildagi eng past ko‘rsatkichdir.

Foto: IZVeSTIYa/Eduard Korniyenko
2024 yilning dastlabki uch choragida xorijiy investorlar Rossiya iqtisodiyoti real sektoridan yana 44 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoyani olib chiqib ketdi va Rossiya iqtisodiyotiga kiritilgan xorijiy sarmoyalarning umumiy hajmi 235 milliard dollargacha qisqardi, bu so‘nggi 15 yildagi eng past ko‘rsatkichdir. Bu Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki tomonidan 7 fevral, juma kuni e’lon qilingan statistik ma’lumotlardan kelib chiqadi. Unga ko‘ra, Ukrainaga qarshi urushning birinchi yilida Rossiya 138 milliard dollar, 2023 yilda esa yana 80 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni yo‘qotgan. Shunday qilib, Kremlning «do‘st» deb ataluvchi davlatlar Rossiya uchun G‘arb sarmoyadorlari o‘rnini egallashi haqidagi umidlari o‘zini oqlamadi, deya xulosa qiladi The Moscow Times (MT).
Rossiya iqtisodiyotining izolyatsiyasi kuchaymoqda
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir necha bor BRIKSga a’zo davlatlar investorlarini Rossiyaga sarmoya kiritishga chaqirgan, biroq Markaziy bank statistikasi «do‘st mamlakatlar»dan kapital oqimini qayd etmagan. Berlindagi "Fan va siyosat" (Stiftung Wissenschaft und Politik, SWP) jamg‘armasi yetakchi mutaxassisi Yanis Klyugening fikricha, bu Rossiya iqtisodiyotining izolyatsiyasi tobora kuchayib borayotganidan dalolat beradi.
Rossiyalik tahlilchilarning fikricha, Ukrainaga qarshi urush boshlanishidan oldin Rossiya iqtisodiyotiga kiritilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoyalarning to‘rtdan uch qismi Moskva «do‘st bo‘lmagan» deb tasniflagan mamlakatlarga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan birga, Xitoyning Rossiya Federatsiyasiga kiritilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoyalari atigi 3,3 milliard dollarni tashkil etdi – bu barcha investitsiyalarning 0,7 foizidan kamrog‘i, Hindiston ulushi 613 million dollarni tashkil etdi, Braziliya va Janubiy Afrikaning hissasi shunchalik kichikki, u Markaziy bankning statistik ma’lumotlariga kiritilmadi.
Mavzuga oid

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

17:24
Rossiyada og‘ir kasallikka chalingan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

19:53 / 11.03.2025
Yevropa nimadan qo‘rqmoqda: mintaqa o‘zini himoya qila oladimi?

23:28 / 10.03.2025