HAMAS garovdagi yana uch nafar isroillikni ozod qildi
Bunga javoban Isroil 183 nafar falastinlik mahbusni qo‘yib yuboradi.

Foto: BBC
Falastinning HAMAS guruhi garovga olingan uch nafar isroillikni Qizil Xoch tashkiloti xodimlariga topshirdi. Ozod qilinganlar: 53 yoshli Eli Sharabi, 56 yoshli Ohad Ben-Ami va 34 yoshli Or Levi.
Qizil Xochga topshirilishidan oldin HAMAS garovga olinganlar tashviqot nutqlarini o‘qishga majburlangan ommaviy marosim o‘tkazdi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning idorasi «bugun ko‘rilgan dahshatli tasvirlarni javobsiz qoldirmaslikni» aytdi.
Ozod qilingan garovdagilar evaziga Isroil bir kun ichida 183 nafar falastinlik mahbusni qo‘yib yuboradi, ulardan 18 nafari umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Ozod qilingan mahkumlarning 7 nafari ozod etilganidan so‘ng darhol deportatsiya qilinadi.
Bu 19 yanvardan kuchga kirgan sulh bitimidan keyin beshinchi almashinuv bo‘ldi.
Avvalgi to‘rtta almashinuvda HAMAS garovdagi 18 nafar isroillikni, jumladan, besh nafar Tailand fuqarosini ozod qildi. Isroil 400 mahbusni, jumladan, umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlarni va uzoq muddat sudsiz ushlab turilganlarni qo‘yib yubordi.
Mavzuga oid

13:43 / 15.04.2025
Isroil Germaniya TIVni HAMAS jangchilarini rag‘batlantirishda aybladi

08:45 / 15.04.2025
TSAHAL G‘azodagi operatsiya strategiyasini radikal o‘zgartirdi

08:11 / 14.04.2025
Isroil armiyasi G‘azoda 1,2 kmlik tunnelni yo‘q qildi

19:47 / 13.04.2025