Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumanida 7,3 km uzunlikdagi yo‘l gastronomik ko‘chaga aylantiriladi
Toshkent shahridagi 26 ta ko‘cha tun-u kun ishlaydigan gavjum ko‘chaga aylantiriladi. Olmazor tumanidagi 7,3 km uzunlikdagi yo‘l gastronomik ko‘cha bo‘ladi.
Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 17 ta ko‘chadan o‘tgan 7,3 kilometr uzunlikdagi yo‘lni gastronomik ko‘chaga aylantirish loyihasi ma’qullandi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytildi.
So‘nggi yillarda tungi iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Olmazor tumanidagi 17 ta ko‘chadan o‘tgan 7,3 kilometr uzunlikdagi yo‘lni gastronomik ko‘chaga aylantirish loyihasi ma’qullandi. Ushbu ko‘chada 250 ta savdo va servis obektlari tashkil qilinib, kamida 1,5 ming ish o‘rni yaratiladi.
Poytaxtdagi yana 26 ta ko‘chani tun-u kun ishlaydigan gavjum ko‘chaga aylantirish, 24 soat ishlaydigan savdo nuqtalarini 1 mingtaga ko‘paytirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Turistlar bildirgan fikrlarni inobatga olib, turizm va servis joylarini kechqurun ham ishlaydigan qilish kerakligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
19:49 / 19.05.2025
«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi
08:37 / 02.05.2025
Toshkent ko‘chalaridan birida mashinalar harakati vaqtincha to‘xtatildi
08:09 / 29.04.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 24 soatga yopildi
14:59 / 28.04.2025