Jahon | 11:40 / 12.02.2025
2077
2 daqiqa o‘qiladi

USAID bosh inspektori Pol Martin lavozimidan chetlatildi

Pol Martinni USAID bosh inspektori lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi qaror uning idorasi Tramp ma’muriyatining AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligiga nisbatan xatti-harakatlari haqida tanqidiy hisobot e’lon qilganidan keyin qabul qilindi.

Pol Martin Foto: USAID

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bosh inspektori Pol Martin o‘z lavozimidan chetlatildi, deb xabar berdi CNN 11 fevral, seshanba kuni USAID bosh inspektori idorasi matbuot kotibiga tayanib.

Shunga o‘xshash ma’lumotni Reuters agentligi mustaqil hukumat kuzatuv tashkilotining ismi oshkor etilmagan xodimiga tayanib tarqatgan.

CNN xabariga ko‘ra, 11 fevral kuni kechqurun Pol Martin Prezidentning Xodimlarni boshqarish boshqarmasi direktori o‘rinbosaridan uning USAID bosh inspektori sifatidagi ishi «zudlik bilan tugatilgani» haqida elektron xat oldi.

Shu bilan birga, qonunga ko‘ra, ma’muriyat bosh inspektorni ishdan bo‘shatishdan 30 kun oldin Kongressni xabardor qilishi va kuzatuvchilarni chetlashtirishning aniq sabablarini ko‘rsatishi kerak, deya eslatadi jurnalistlar.

Mask «Ozodlik radiosi» va «Amerika ovozi»ni yopishga chaqirdi

Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari milliarder Ilon Mask "Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi" va "Amerika ovozi" media-korporatsiyalarini yopishga chaqirdi. Mask tegishli xabarni 9 fevral kuni X ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirdi.

«Bular amerikalik soliq to‘lovchilarning yiliga 1 milliard dollar pulini behuda sarflab, o‘zi bilan o‘zi gaplashib o‘tiradigan radikal so‘l telbalar», dedi Mask. «Ha, ularni yopish kerak. Ularni hech kim eshitmayapti», deb qo‘shimcha qildi u.

Mavzuga oid