Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» «Etihad»da kambek qildi, «PSJ» va «Borussiya» deyarli 1/8 finalda
12 fevralga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 finalga o‘tish bosqichi doirasida to‘rta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
«Etihad»da o‘tgan markaziy o‘yinda «Manchester Siti» amaldagi chempion «Real»ni qabul qilib, kambek qurboni bo‘ldi. Holandning dubliga Mbappe, Dias va Bellinghem javob berishdi. Hal qiluvchi to‘p 90+2-daqiqada kiritildi.
Bu — Madrid klubining «shaharliklar» maydonidagi ilk g‘alabasi. Mezbonlar safida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.
Fransiya jamoalari to‘qnashuvida kutilganidek «PSJ» «Brest» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi, 2025 yilning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turgan Dembele dubl qayd etdi.
O‘z juftligida favorit sanalgan «Yuventus» PSV ustidan qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. «Borussiya D» esa Lissabonda «Sporting»ni yirik hisobda mag‘lub etib, keyingi bosqich sari katta qadam tashladi.
Javob bellashuvlari 19 fevral kuni o‘tkaziladi.
13 fevralga o‘tar kechasi turnirning o‘tish bosqichi doirasida yana to‘rtta o‘yin o‘tkaziladi. «Bryugge» «Atalanta»ni, «Feyyenoord» «Milan»ni qabul qiladi, «Benfika» «Monako», «Bavariya» esa «Seltik» maydoniga safar qiladi.
YeChL. 1/8 finalga chiqish uchun o‘tish bosqichi. 11 fevral
Birinchi o‘yinlar
«Manchester Siti» — «Real» 2:3
Gollar: Holand (19, 80 penalti) — Mbappe (60), Dias (86), Bellinghem (90+2) .
«Manchester Siti» – Ederson, Gvardiol, Ake (Kovachich, 61), Diash, Akanji (Lyuis, 46), Stounz, Grilish (Foden, 30), Silva, de Bryuyne, Savio (Marmush, 84), Holand.
«Real» – Kurtua, Mendi, Asensio, Chuameni, Valverde, Bellinghem, Seballos (Modrich, 81), Kamavinga, Rodrigo (Dias, 84), Vinisius, Mbappe (Fran Garsiya, 90+2).
«Brest» — «PSJ» 0:3
Gollar: Vitinya (21, penalti), Dembele (45, 66).
«Brest»– Bizot, Aydara, Kulibali, Shardonne, Lala, Manetti (Fernandesh, 64), Le-Melu (Sala, 83), Kamara (Pereyra Lajye, 83), Fevr (Dumbiya, 72), Sima (Balde, 64), Ajork.
«PSJ» – Donnarumma, Mendesh, Pacho, Markinos, Hakimi, Fabian Ruis, Vitinya, Joau Nevesh, Barkolya (Li Kan In, 75), Dembele (Ramush, 82), Due (Kvaratsxeliya, 67).
Ogohlantirishlar: Barkolya (70), Shardonne (74).
«Yuventus» — PSV 2:1
Gollar: Makkenni (34), Mbangula (82) — Perishich (56).
«Yuventus» – Di Gregorio, Kelli, Gatti, Veyga, Vea, Lokatelli (Tyuram, 68), Duglas Luis, Makkenni (Kopmeyners, 68), Yildiz (Mbangula, 46), Gonsales (Konseysau, 58), Kolo-Muani (Vlahovich, 77).
PSV – Benites, Mauro Junior, Obispo, Flamingo, Ledesma, Verman, Shauten, Saybari (Til, 72), Lang (Bakayoko, 72), Perishich, de Yong.
Ogohlantirish: de Yong (73).
«Sporting» — «Borussiya» D 0:3
Gollar: Girassi (60), Gross (68), Adeyyemi (82).
«Sporting» – Ruy Silva, Mateus Reys (Bragansa, 62), Sen-Jyust, Diomande, Fresneda (Kuarejma, 73), Simoynsh (Morita, 62), Debast (Biel, 73), Arauxo, Kenda, Trinkau, Harder (Gokeresh, 59).
«Borussiya» D – Kobel, Svensson (Zyule, 90+3), Shlotterbek, Ryuerson, Jan, Gross (O‘zjan, 90+3), Zabitser, Brandt (Dyuranvil, 86), Gittens (Bayyer, 65), Adeyyemi (Chukvuemeka, 86), Girassi.
Ogohlantirishlar: Girassi (66), Trinkau (78).
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
10:12 / 21.05.2025