O‘zbekiston elchisi Litva prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston elchisi Temur Rahmonov (qarorgohi Riga shahrida) 11 fevral kuni Litva prezidenti Gitanas Nausedaga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Foto: dunyo.info
Qayd etilishicha, rasmiy marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Litva o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollari muhokama qilingan.
Litva prezidenti rasmiy Vilnyus va Toshkent o‘rtasidagi siyosiy muloqot va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanib borayotganini yuqori baholagan. 2024 yil yakuniga ko‘ra O‘zbekiston Litvaning yirik savdo-iqtisodiy sheriklaridan biriga aylangani alohida ta’kidlangan.
Prezident Gitanas Nauseda, shuningdek, Litva tomoni O‘zbekistonning YeI doirasidagi tashabbuslarini va Jahon savdo tashkilotiga kirish masalasini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Litva o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 5 avgustda o‘rnatilgan. Elchi Temur Rahmonov 2024 yil 17 iyun kuni Latviya prezidenti Edgars Rinkevichsga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
Mavzuga oid

21:58 / 01.04.2025
Litvada o‘lgan amerikaliklar: qutqarish amaliyoti xalqaro operatsiyaga aylanib ketdi

20:21 / 01.04.2025
Germaniya Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta qo‘shinlarini xorijga joylashtiradi

20:53 / 31.03.2025
Litvadagi o‘quv mashg‘ulotlarida bedarak yo‘qolgan uch nafar amerikalik harbiyning jasadi topildi

22:14 / 26.03.2025