Toshkent viloyatida 11,4 mlrd so‘mlik gazni talon-toroj qilgan zapravka aniqlandi
Ma’lum bo‘lishicha, MChJ mansabdor shaxslari o‘lchov qurilmalariga tashqi ta’sir ko‘rsatib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamen
Bosh prokuratura yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan tadbirlar davom etayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Bekobod shahridagi «G‘.O.» MChJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompresslash shoxobchasining o‘lchov qurilmalariga tashqi ta’sir ko‘rsatishi oqibatida 11,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Samarqand viloyatidagi korxonalardan biri 553 million so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlangan edi. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanidagi gaz to‘ldirish shoxobchasi elektron hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazib, 2,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid

10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi

14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti

09:54 / 11.05.2025
Samarqandda AYoQShda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni ortdi

22:20 / 10.05.2025