Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 2025 yil oxirigacha 452 ta lift yangilanadi
Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika soha obektlari hamda ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2025/2026 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2025 yil oxirigacha ekspluatatsiya muddati o‘tgan 452 ta lift yangisiga almashtiriladi.
Bugungi kunda Toshkent shahridagi ko‘p xonadonli uy-joylarda jami 9101 ta lift mavjud. Ulardan 2042 tasining (22,4 foiz) foydalanish muddati o‘tgan.
2025 yil oxirigacha 2042 ta eski liftning 22,1 foizi yangilanadi. Yangi liftlar ilg‘or xavfsizlik standartlariga ega va energiya tejamkor bo‘ladi.
Yangilanadigan liftlarni tanlash mezonlari quyidagicha:
25 yildan ortiq xizmat qilgan;
texnik talablarga javob bermaydigan;
xavfsizlik darajasi past bo‘lgan liftlar ustuvor tartibda almashtiriladi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025