Ukraina bo‘yicha hech qanday qaror Ukrainasiz qabul qilinmaydi - Zelenskiy Myunxenda nutq so‘zladi
Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Ukraina rahbari Yevropani AQSh yordamiga har doim umid qilmaslikka va birlashishga, shuningdek, Ukraina bo‘yicha hech qanday qaror Ukraina ishtirokisiz qabul qilinmasligiga, Rossiyaga bosimni davom ettirishga chaqirdi.

Foto: Ronald Wittek / EPA / Scanpix / LETA
Germaniyaning Myunxen shahrida Xavfsizlik konferensiyasi davom etyapti. Uning asosiy mavzusi - Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 15 fevral kuni konferensiyada nutq so‘zladi. Meduza uning nutqidan iqtiboslar keltirdi.
Zelenskiy o‘z nutqini Rossiyaning dronlari Chernobil AES himoya qobig‘iga zarba berganini eslatishdan boshladi. Kreml hujumga aloqadorligini inkor etib, bu provokatsiya ekanini aytgan.
Zelenskiy yana nima haqida gapirdi? Asosiy fikrlar
Rossiya o‘z qo‘shinlari sonini oshirmoqda. Putinning bunga qurbi yetadi – neft narxi hali ham yetarlicha yuqori darajada qolmoqda. Shu tufayli Putin tinchlikka bee’tibor.
Yozda Rossiya «mashqlar» bahonasida Belarusga qo‘shin kiritishni rejalashtirmoqda. Belarusdagi bu kuchlar Ukrainaga hujum qilishni rejalashtiryaptimi? Balki. Yoki bu sizlar uchundir. Eslatib o‘taman: Belarus NATOning uchta davlati bilan chegaradosh. U amalda Rossiya harbiy operatsiyalari uchun maydonga aylangan.
Yevropa o‘zining Yevropa qurolli kuchlariga muhtoj, u tahdid bo‘lgan taqdirda faqat AQShdan yordam so‘ramasligi kerak. Rostini aytsam, Amerika Yevropaga tahdid solayotgan masalalarda «yo‘q» deyishi mumkinligini inkor eta olmaymiz. Yevropa shunchaki birlashishi va hech kim Yevropaga yo‘q demasligi, uni nazorat qilmasligi yoki unga to‘siq sifatida qaramasligi uchun harakat qilishni boshlashi kerak.
Yevropaga umumiy tashqi siyosat kerak. Prezident Tramp bir marta shunday degan edi: «Tug‘ilgan oilang muhim emas, yaratgan oilang muhimroq». Biz Amerika bilan iloji boricha yaqin munosabatlarni va ha, yangi munosabatlarni o‘rnatishimiz kerak, lekin yevropaliklar sifatida, faqat alohida davlatlar sifatida emas.
Yevropa Vashington jiddiy qabul qilishi kerak bo‘lgan hamkorlik darajasiga muhtoj. Yevropaga o‘nlab emas, bitta umumiy ovoz kerak. Hatto Mar-a-Lagoga [Tramp qarorgohi] muntazam boradiganlar ham kuchli Yevropaning bir qismi bo‘lishi kerak – chunki prezident Tramp zaif do‘stlarni yoqtirmaydi. U kuchni hurmat qiladi.
Ukraina bo‘yicha hech qanday qaror Ukrainasiz qabul qilinmaydi. Yevropasiz Yevropa uchun yechim yo‘q. Bir necha kun oldin prezident Tramp menga Putin bilan suhbati haqida gapirib berdi. U Amerika muzokara stolida Yevropaga muhtojligini biror marta aytmadi. Bu ko‘p narsani anglatadi.
Ukraina NATO a’zosi bo‘lish maqsadidan qaytmaydi. Ukraina uchun har qanday xavfsizlik kafolatlarining asosi NATO a’zoligi bo‘lishi kerak. Yoki - agar shunday bo‘lmasa - Ukrainada boshqa NATOni qurishimizga imkon beradigan shartlar.
Rossiyaga bosim davom etishi kerak. Putin xavfsizlikni kafolatlay olmaydi; hokimiyatni saqlab qolish uchun unga urush kerak. Aynan mana shu bosim tinchlikni kafolatlaydi, Putinning so‘zlari emas, qandaydir qog‘ozlar emas.
Putin yolg‘on gapiryapti. Uning qarorlari oldindan ma’lum, u zaif. Biz bundan keyinroq emas, hozir foydalanishimiz kerak. Va biz bir guruh shaxslar sifatida emas, balki Yevropa sifatida harakat qilishimiz kerak.
Mavzuga oid

22:48
Zelenskiy Putinni yuzma-yuz gaplashishga chaqirdi. Rossiya nega otashkesimni cho‘zyapti?

16:55
Rossiya va Ukraina 2022 yildan buyon ilk muzokaralarga tayyorlanmoqda. Otishmalar davom etmoqda

14:54
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

14:24