5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanidagi metan zapravkada 5,7 mlrd so‘mlik gaz noqonuniy foydalanildi.
Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, “P.M.G.” MChJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompresslash shoxobchasining hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatgan.
Buning oqibatida 5,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

09:54
Samarqandda AYoQShda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni ortdi

19:43 / 25.03.2025
Namangandagi metan zapravkada Damas yonib ketdi

05:29 / 11.03.2025
Qashqadaryodagi zapravkada ikkita sisterna yonib ketdi. Jarohat olganlar bor

08:57 / 24.02.2025