Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi zapravkada ikkita sisterna yonib ketdi. Jarohat olganlar bor
Alanga yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan qariyb yarim soatda o‘chirilgan. FVV jabrlangan fuqarolarning ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qashqadaryoda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 10 mart kuni Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani Do‘stlik MFY hududida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobcha hovlisida ikkita 9 tonnali sig‘im yongan.
Voqea joyiga qutqaruv xizmatida to‘rtta yong‘in qutqaruv bo‘linmalari soat taxminan 22:04 da etib borib, soat 22:33 da yong‘inni to‘liq o‘chirgan.
Yong‘in oqibatida ikki nafar fuqaro kuyish tan jarohatini olgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.
«Yong‘in sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkentdagi savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘lgani, Andijondagi zapravkada avtomobil gaz balloni portlab ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025