Starlink internetining yopilishi Ukraina uchun falokatli bo‘lmaydi – ekspert
Ukraina Qurolli Kuchlarida muqobil aloqa vositalari borligi ta’kidlanmoqda.

Foto: Clodagh Kilcoyne/Reuters
AQSh Ukrainaga Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini yopib qo‘yish bilan tahdid qilmoqda, ammo bu harbiylar uchun falokat bo‘lmaydi. Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi qoshidagi dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlarida muqobil aloqa vositalari bor.
«Ba’zi qurilmalarning ishi AQSh tomonidan qoplanadi, ammo Ukraina to‘laydigan tariflar ham bor. 2022–2023 yillarda Starlink internetiga bog‘liqlik sezilarli edi. Ayni paytda uning muqobillari bor: optik tolali liniyalar va LTE modemlari. Shuningdek, shvedlar va nemislarning sun’iy yo‘ldosh aloqa interneti Kursk yo‘nalishida ishlatilmoqda», dedi u.
Kovalenko so‘zlariga ko‘ra, ba’zi joylarda sifat unchalik yaxshi bo‘lmasligi mumkin. Lekin hamma narsaning ishdan chiqishi sodir bo‘lmaydi. Ammo harbiylar uning yopilishini istamaydi.
«Umid qilamizki, siyosatchilar umumiy til topishadi va front azob chekmaydi. Trampda shunday usul bor: avval u o‘z shartlarini qattiq qo‘yadi, keyin esa yumshatadi. Shuning uchun, menimcha, hammasi yaxshi bo‘ladi va inqirozni bashorat qilishga hali erta», dedi u.
Ilon Mask egalik qiladigan Starlink asosan Ukraina Qurolli Kuchlarini aloqa vositalari bilan ta’minlaydi. Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp agar Ukraina foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuvni imzolashdan bosh torsa, Starlink internetini o‘chirib qo‘yish bilan tahdid qilgan edi.
Mavzuga oid

18:03 / 18.04.2025
«Bu bizning urush emas» - Agar muzokaralarda siljish bo‘lmasa, AQSh Ukrainada tinchlik o‘rnatish urinishlarini to‘xtatadi

17:34 / 18.04.2025
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi

14:29 / 18.04.2025
Tramp: «Zelenskiyni urushda ayblamayman»

13:53 / 18.04.2025