Sankt-Peterburgda moliyaviy qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
2024 yil iyulda ishlash uchun Rossiyaga borgan ushbu fuqaro patent va shaxsni tasdiqlovchi hujjatini yo‘qotib qo‘ygan. Shu bois tayinli ishga joylasha olmay ko‘chada qolgan.

Foto: "Dunyo" AA
Bosh konsulxona diplomatlari ko‘magida Sankt-Peterburg shahrida qiyin moliyaviy ahvolda qolgan o‘zbekistonlik oilasi bag‘riga qaytarildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarosi 2024 yil iyul oyida Rossiyaga vaqtincha ishlash maqsadida borgan. U Rossiya hududida qonuniy bo‘lish uchun zarur bo‘lgan patentini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatini yo‘qotib qo‘ygan. Shu bois tayinli ishga joylasha olmagan.
So‘nggi kunlarda u kvartiraga to‘lov uchun pul yo‘qligi sababli ko‘chada qolgan.
«Bosh konsulxona diplomatlari vatandoshimizning yashash joyini aniqlab, unga O‘zbekistonga yetib olishi uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam berdi. Shuningdek, yurtimizga qaytishi uchun aviachipta sotib olib berildi», — deyiladi xabarda.
Bundan oldin Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, Turkiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 3 nafar bola 11 fevral kuni O‘zbekistonga olib kelingan edi.
Mavzuga oid

17:31 / 13.03.2025
Rossiya koloniyalaridagi xorijliklarning 70 foizi Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari

17:20 / 13.03.2025
Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

16:25 / 13.03.2025
Zelenskiy otashkesimga rozi, Putin-chi?

09:47 / 13.03.2025