Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzod Asadov Qozog‘istonning yetakchi OAV holdingi asoschisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Prezident matbuot kotibi Alash Media Group holdingi asoschisi va bosh direktori Zaure Kazibayeva bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Qozog‘istonning Tengrinews, Massaget, «Vesti», Juldiz FM, Tengri FM va boshqa ko‘plab yetakchi ommaviy axborot vositalarini birlashtirgan Alash Media Group holdingi asoschisi va bosh direktori Zaure Kazibayeva bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston—Qozog‘iston munosabatlari misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Asadovning yozishicha, samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda media sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalarning keng doirasi batafsil muhokama qilingan. Bu qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilishi haqida yakdil fikr bildirilgan.
«Ommaviy axborot vositalarimizga qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda, jumladan, kontent almashish, press-turlar uyushtirish, O‘zbekiston va Qozog‘istonning boy tarixiy va madaniy merosini xalqaro miqyosda ilgari surishda ularga har tomonlama ko‘maklashishga kelishib oldik», — deb yozadi prezident matbuot kotibi.
Mavzuga oid
18:12 / 03.05.2025
Jamiyatda jurnalist mehnati hurmat qilinadigan muhitni saqlab qolish muhim - Sherzod Asadov
16:11 / 17.04.2025
Bugun Farg‘ona vodiysi «porox bochkasi» emas – Prezident matbuot kotibi
17:36 / 07.02.2025
Sherzod Asadov Prezident administratsiyasi shtat birliklari qisqarayotgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi
20:42 / 05.02.2025