Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Trampning bosib olingan Ukraina hududlarini qaytarish haqidagi talabini rad etdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi so‘zlariga ko‘ra, Kreml bu boradagi qat’iy pozitsiyaga ega.
Rossiya Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarida bosib olingan Lugansk, Donetsk, Zaporojye va Xerson viloyatlarini qaytarish masalasini muhokama qilmoqchi emas, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov TASS nashriga.
«Mamlakatimiz Konstitutsiyasida qayd etilgan Rossiya Federatsiyasining sub’yektlariga aylangan hududlar bizning mamlakatimiz, Rossiyaning ajralmas qismidir. Bu mutlaqo inkor etib bo‘lmaydigan fakt, shubhasiz fakt», dedi Peskov.
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp tinchlik shartnomasini imzolashdan avval Ukrainaga «iloji boricha ko‘proq hududni qaytarishga» yordam berishini aytgan edi. Peskov buning ilojsiz ekanini ta’kidladi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi so‘zlariga ko‘ra, Kreml bu boradagi qat’iy pozitsiyaga ega. Ammo bu AQSh va Rossiyaning muloqot bo‘yicha siyosiy irodasini saqlab qolgan holda, harbiy mojaroning hal etilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
«Hech kim qarorlar oson va tez bo‘lishini kutmaydi, kun tartibimizdagi muammo o‘ta murakkab, biroq ikki davlat shunday siyosiy irodani saqlab qolsa, bir-birini eshitish va tinglashga tayyor bo‘lsa, biz bu ish jarayonidan o‘ta olamiz, deb o‘ylayman», dedi prezident matbuot kotibi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
11:00 / 28.05.2025