Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan ikki bola O‘zbekistonga olib kelindi
Ular Rossiya politsiyasi tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga yuborilgan.
Rossiyada ota-ona qarovisiz qolgan yana ikki nafar voyaga yetmagan o‘zbekistonlik Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva shahridagi Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari ko‘magida O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 26 fevral kuni olib kelingan bolalarning biri ota-onasining ishonchnomasi asosida Rossiyaga ketgan. Ikkinchisi esa 2023 yildan beri mehnat migratsiyasida ekani, 9-sinf o‘quvchisi bo‘lgan paytidan beri opasining turmush o‘rtog‘i bilan Moskvaga borib, dastlab farrosh, keyinchalik esa qahvaxonada idish-tovoq yuvuvchi sifatida ishlab yurgani aniqlangan.
Ikkala fuqaro ham politsiya tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga yuborilgan.
«O‘zbekiston hududidan bolalarni kuzatib borish uchun berilgan ishonchnoma boshqa davlat hududida bolaning qonuniy vakili bo‘lish huquqini bermasligini eslatib o‘tamiz», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar 9 nafar voyaga yetmagan bola vatanga qaytarilgan. Mart oyida Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni O‘zbekistonga olib kelish rejalashtirilmoqda va kelgusida oilaviy muhitga qaytarish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rilyapti.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025