Kurdiston ishchilar partiyasi Turkiya bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
Ushbu partiya o‘zini tarqatib yuborish uchun qurultoy chaqirishga tayyor.

Foto: AFP
Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) ijro qo‘mitasi Turkiya bilan o‘t ochishni to‘xtatishini e’lon qildi, deb xabar berdi Turkiyaning AHaber telekanali.
Avvalroq, bu tashkilotning qamoqdagi yetakchisi Abdulla O‘jalan safdoshlarini qurollarini tashlab, partiyani tarqatib yuborishga chaqirgan edi.
Qayd etilishicha, KIP o‘zini tarqatib yuborish uchun qurultoy chaqirishga tayyor.
KIP uzoq vaqt davomida Turkiya hududida mustaqil kurd davlatini yaratish uchun qurolli kurash olib bordi. O‘z davlatiga ega bo‘lmagan eng yirik xalqlardan biri bo‘lgan kurdlar nafaqat Turkiyada, balki qo‘shni Suriya, Iroq va Eronda ham yashaydi. KIP o‘nlab mamlakatlarda terrorchi tashkilot sifatida ro‘yxatga olingan.
KIP sobiq rahbari O‘jalan 1999 yildan beri qamoqda. Avvaliga u o‘limga hukm qilingan, ammo keyinchalik uning jazosi umrbod qamoq jazosiga o‘zgartirilgan. Uning chaqirig‘i ortidan Turkiya KIP dala qo‘mondonlaridan o‘z tuzilmalarini tarqatib yuborishini e’lon qilishini kutmoqda.
Mavzuga oid

18:50 / 22.03.2025
Turkiyada namoyishlar avj olmoqda, yuzlab odamlar hibsga olingan

09:04 / 22.03.2025
«Turkiya ko‘chadan topib olingan emas»: Erdo‘g‘an yana mamlakatdagi mitinglarga qarshi chiqdi

03:23 / 22.03.2025
Hibsga olingan Istanbul meri barcha ayblovlarni rad etdi

10:25 / 21.03.2025