Toshkentda giyohvandlik vositalarini tarqatmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Toshkent shahrida giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tezkor tadbirlar davomida ikki nafar shaxs to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda ularning yonidan giyohvandlik moddalari topildi.

Foto: Videodan kadr
Poytaxt IIBB xabar berishicha, 18 dona kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, 15 dona kapsula ko‘rinishidagi dori vositasi va 35 dona giyohvandlik vositalari rasmiylashtirib olindi.
O‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, gumonlanuvchilardan olingan moddalarning barchasi giyohvandlik vositalar va kuchli ta’sir qiluvchi dorilar ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid

21:51 / 11.04.2025
Toshkent shahrida 12-13 aprel kunlari keng ko‘lamli hashar o‘tkaziladi

10:38 / 11.04.2025
DXX giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi

22:19 / 10.04.2025
Toshkentdagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopildi

21:18 / 10.04.2025