Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Kiyev hududlarning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishini tan olmaydi
Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni har doim vaqtincha bosib olingan hududlar deb hisoblaydi, garchi mamlakatda hozirda Rossiya Federatsiyasini butunlay siqib chiqarish uchun harbiy kuchlar yetishmasa ham, dedi Volodimir Zelenskiy.
Foto: Carlos Jasso/REUTERS
Ukraina hozirda Rossiya tomonidan bosib olingan o‘z hududlari anneksiyasini «hech qachon» tan olmaydi, hatto bu tinchlik kelishuviga erishish uchun zarur bo‘lsa ham. Bu haqda 2 mart, yakshanba oqshomida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Yevropa yetakchilarining Londondagi sammitidan so‘ng britaniyalik jurnalistlar bilan suhbatda aytib o‘tdi.
Ukraina rahbarining ta’kidlashicha, Kiyev Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni har doim «vaqtinchalik bosqinchilik» deb hisoblaydi, garchi mamlakat hozirda Rossiyani butunlay siqib chiqarish uchun yetarli harbiy kuchga ega bo‘lmasa ham. «Hududlarimiz va qadriyatlarimiz sotilmaydi. Erkinligimiz sotilmaydi. Rossiya bizni bu ishga tortganligi uchun biz katta narx to‘layapmiz», — dedi Zelenskiy.
Ukraina ishonchli xavfsizlik kafolatlari bilan ta’minlangan taqdirdagina o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy. U bunday kafolatlar Ukrainadagi yangi harbiy harakatlarni Rossiya uchun imkonsiz qilishiga yoki Moskva bunga borsa, Ukraina va uning ittifoqchilarining «qattiq javobiga» olib kelishiga umid bildirdi.
Parij va London Ukrainada bir oylik sulhni taklif qildi
Fransiya va Britaniya Rossiya va Ukraina o‘rtasida bir oylik qisman sulh tuzishni taklif qilmoqda. Fransiya davlati rahbari Emmanuel Makron 2 mart kuni Le Figaro gazetasiga intervyu berdi.
Makronning aytishicha, o‘t ochishni to‘xtatish havo va dengiz zarbalari hamda energetika infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatishga qadar cho‘zilishi mumkin.
«O‘t ochishni to‘xtatish bo‘lsa, (u) frontda amalda ekani yoki yo‘qligini tekshirish juda qiyin bo‘ladi», deb ta’kidladi Emmanuel Makron va front chizig‘ining uzunligi Parijdan Budapeshtgacha bo‘lgan masofaga teng ekanligini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025