Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya yadroviy muzokaralarda Eron va AQSh o‘rtasida vositachilik qilishga rozi - OAV
Muzokaralar Eronning yadroviy dasturi, shuningdek, Tehronning Yaqin Sharqdagi Amerikaga qarshi proksi kuchlarni qo‘llab-quvvatlashiga ham tegishli ekani ta’kidlanmoqda.
Kreml Eron bilan muzokaralarda Qo‘shma Shtatlarga yordam berishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib yozdi.
Qayd qilinishicha, bu muzokaralar Eronning yadroviy dasturi, shuningdek, Tehronning Yaqin Sharqdagi Amerikaga qarshi proksi kuchlarni qo‘llab-quvvatlashiga ham tegishli.
Donald Tramp 12 fevral kuni Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashganida Kreml vositachiligiga qiziqish bildirgan, deb yozdi Bloomberg. Bu masala bir necha kundan keyin Ar-Riyozdagi muzokaralarda ham muhokama qilingan, deb da’vo qilmoqda agentlikning Moskvadagi anonim manbalari.
Oq uy bu haqdagi Bloomberg so‘roviga javob bermadi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga Vashington va Tehron barcha muammolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishini ta’minlash uchun Moskva «qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyorligini» aytdi.
Trampning saylovdagi g‘alabasidan so‘ng The Wall Street Journal nashri AQSh prezidenti Eron yadroviy inshootlariga havodan zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berdi. Biroq fevral oyida Tramp «do‘zaxmonand bombalashdan» ko‘ra Tehron bilan kelishuvni afzal ko‘rishini aytgandi.
Eron 2019 yilda AQSh yadroviy bitimdan chiqqanidan keyin yadroviy rivojlanishni tikladi. AQSh razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, eronlik muhandislar yadroviy qurol yaratish uchun «bir yil yoki undan ko‘proq vaqt» davom etadigan qisqaroq yo‘lni o‘rganmoqda.
Eron 2020 yil yanvar oyida AQSh kuchlari Trampning buyrug‘iga binoan Eron generali Qosim Sulaymoniyni Bag‘dodda o‘ldirgandan so‘ng yadroviy kelishuvdan butunlay chiqib ketgan edi. Bloomberg ta’kidlaganidek, Eron rasmiylari Vashington bilan hamkorlikka qarshi. Fevral oyida Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiy AQSh bilan muzokaralar «sharafsiz va aqlsiz bo‘lishini» aytgan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
10:23 / 28.05.2025