Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi
MChJ rahbari jamiyatga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab noqonuniy foydalanishi oqibatida 196 mln so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan.

Foto: Bosh prokuratura
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida umumiy ovqatlanish shoxobchasi egasi qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgani aniqlandi.
Bosh prokuratura qayd etishicha, yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “M.E.K.” MChJ rahbari B.K. jamiyatga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab noqonuniy foydalanishi oqibatida 196 mln so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan.
Holat bo‘yicha B.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid

11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

09:40 / 16.05.2025
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi

15:44 / 14.05.2025
Baliqchida mas’ullar budjet mablag‘larini soxta hujjatlar bilan o‘zlashtirgani aniqlandi

13:37 / 07.05.2025