Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HAMAS Isroil harbiy harakatlar boshlasa, garovga olinganlarni o‘ldirish bilan tahdid qildi
Harakat fikriga ko‘ra, Isroil «yangi hujum uchun Amerika homiyligini ta’minlash maqsadida bitimdan qochishga urinmoqda».
Foto: AP
Falastinning HAMAS guruhi harbiy qanoti vakili Abu Ubayda 6 mart kuni videomurojaatida agar Isroil urushni qayta boshlagan taqdirda, garovga olinganlar halok bo‘lishini aytdi. Murojaat, jumladan, garovga olinganlarning yaqinlariga ham yo‘llangan.
«Bizda garovga olinganlarning shu kungacha tirik ekanligi haqida hujjatli dalillar bor. Ertaga yoki kelajakda bu o‘zgarishi mumkin. Bu yana urush bo‘lishini anglatadi, ular omon qolmaydi. Har qanday keskinlashuv garovdagilarning o‘limiga olib keladi», dedi Abu Ubayda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil «yangi hujum uchun Amerika homiyligini ta’minlash maqsadida bitimdan qochishga urinmoqda». HAMAS va Isroil kelishuvning birinchi bosqichi 27 fevralda yakunlandi.
Isroilning 9-kanali qayd etishicha, HAMAS tomonidan garovga olinganlarning qarindoshlari va muxolifatchi isroilliklarga bosim o‘tkazishning bunday taktikasi birinchi marta qo‘llanmayapti. HAMAS boshqa narsalar qatori shanba kunlari hukumatga qarshi namoyishlar oldidan garovga olinganlarning videotasvirlarini muntazam e’lon qiladi.
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp HAMAS harakatiga «oxirgi ogohlantirish» berib, garovga olinganlarning barchasini zudlik bilan ozod qilishni talab etgan edi. Biroq, hamaschilar bu tahdidni e’tiborsiz qoldirib, Isroil bilan kelishuvning ikkinchi bosqichiga o‘tilmaguncha hech kim ozod etilmasligini ma’lum qildi.
Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining birinchi bosqichi 27 fevral kuni yakunlandi. Unda garovdagi 33 nafar isroillik 1890 nafar falastinlik asir evaziga qaytarildi. Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, HAMAS asirligida 59 nafar isroillik qolmoqda, ularning yarmi halok bo‘lgan deb hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025