Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Migratsiya agentligi hamda Xitoyning JC Finance Interconnect Holdings kompaniyasi raisi U Tinyi o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Muzokaralar davomida O‘zbekistonda "yashil" energetika, qishloq xo‘jaligi, AKT, turizm kabi soha mutaxassislari uchun ilg‘or xalqaro standartlar asosida qayta tayyorlash va malakani oshirish dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston talabalari uchun Xitoyning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida grantlar ajratish va nomzodlarni tanlash xususida fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida JC Finance Interconnect Holdings kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga safarini tashkil etishga kelishib olindi. Safar davomida O‘zbekiston fuqarolarini ta’lim va kasbiy faoliyatga tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish markazini ochish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarda uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025