Samarqanddan uchgan samolyot dvigatelidagi nosozlik tufayli aeroportga qaytdi
Rossiyaning Utair aviakompaniyasi samolyoti dvigatelida pompaj yuz berdi. Havo kemasi Samarqand aeroportiga xavfsiz qo‘ndi.

Foto: Flightradar24
12 mart kuni Utair (Rossiya) aviakompaniyasining Samarqanddan Moskvaga (UT-810) uchgan Boeing 737 samolyoti dvigatelida yuz bergan nosozlik tufayli aeroportga qaytishga majbur bo‘ldi.
Qayd qilinishicha, samolyot balandlikka ko‘tarilayotganda chap dvigatelida pompaj yuz bergan, vaholanki, priborlarda uning parametrlari normal bo‘lgan.
Ekipaj dispetcherlardan kutish zonasini so‘ragan. Biroq, uchuvchilar dvigatelning quvvatini oshirishga harakat qilgan, ammo yana bir pompaj sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng, kema komandiri Samarqandga qaytishga qaror qilgan.
Samolyot kutish zonasida bir nechta aylanma parvozni amalga oshirgach, qo‘nish og‘irligi me’yordan yuqori bo‘lsa-da, Samarqand aeroportiga xavfsiz qo‘ngan. Parvoz ma’lumotlarini tahlil qilish natijalariga ko‘ra, chap dvigatelning ish parametrlarida ruxsat etilgan qiymatlardan tashqari hech qanday og‘ishlar aniqlanmagan. Ayni paytda mutaxassislar nosozlik sabablarini izlash va bartaraf etishga kirishgani ta’kidlanmoqda. «Rosaviatsiya» hodisa yuzasidan tekshiruv boshlagan.
Mavzuga oid

17:25 / 06.03.2025
Moskva aeroportida Uzbekistan Airways samolyoti shikastlandi

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025