Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va Qirg‘iziston chegara bo‘yicha shartnoma imzoladi, aviaqatnovlarni tiklashga kelishdi
Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvida tomonlar munosabatlarni yaxshilashga kelishib oldi.
Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari Imomali Rahmon va Sadir Japarov ikki davlat o‘rtasidagi chegara to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Bu tarixiy voqea Bishkekda Imomali Rahmonning Qirg‘iziston Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida yuz berdi.
«Bugun biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi chegara masalalari bo‘yicha tarixiy qaror qabul qilmoqdamiz», dedi Imomali Rahmon 13 mart kuni muzokaralar avvalida.
«Ushbu kelishuv davlatlararo munosabatlarni yanada kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Bugungi imzolanayotgan hujjatlar to‘plami tojik-qirg‘iz munosabatlarida yangi sahifa ochadi», deb qo‘shimcha qildi Tojikiston prezidenti.
Sadir Japarov, o‘z navbatida, tojik-qirg‘iz chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumat komissiyalari samarali ish olib borganini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, 13 mart kuni Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari ikki davlat chegarasidagi «Qizil-Bel-Avtodorojniy» va «Qayrag‘och-Avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punktlarining ochilishida onlayn tarzda ishtirok etdi.
Shu bilan birga, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasida havo qatnovi tiklanadigan bo‘ldi. 14 mart kuni Somon Air aviakompaniyasi deyarli 4 yil ichida Dushanbe-Bishkek-Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha ilk charter reysini amalga oshiradi. 23 martdan boshlab mazkur yo‘nalish bo‘yicha parvozlar muntazam ravishda yo‘lga qo‘yiladi.
Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar 2021 yilda ikki davlat chegarasida yuz bergan qonli to‘qnashuvlardan so‘ng keskin yomonlashgan edi. Shundan so‘ng, Qirg‘iziston hukumati Tojikiston bilan chegarani, jumladan, havo chegarasini rasman yopdi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar ham to‘xtatildi.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025