Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarusda josuslikda ayblangan Yaponiya fuqarosiga hukm o‘qildi
Minsk sudi hukmi bilan Nakanisi Masatosi chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilish ishida aybdor deb topilib, yetti yilga qamaldi.

Foto: Belarus 1
Minsk sudi Yaponiya fuqarosi Nakanisi Masatosini chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilish ishida aybdor deb topib, uni 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha hukm chiqardi. Bu haqda Belarus Bosh prokuraturasiga tayanib, «Zerkalo» nashri xabar berdi.
Ayblanuvchi «Belarus milliy xavfsizligiga zarar yetkazish maqsadida xorijiy davlatning maxsus xizmati, xavfsizlik va razvedka organlari bilan hamkorlik qilishda» aybdor deb topilgan. Ayblov versiyasiga ko‘ra, Nakanisi Masatosi 2018 yildan 2024 yilga qadar «Belarus hududida agentlik faoliyatini olib borgan».
Sud hukmiga ko‘ra, Yaponiya fuqarosi kuchaytirilgan tartibdagi koloniyaga yuboriladi. Shuningdek, u 21 ming Belarus rubli (6,4 ming AQSh dollari) miqdorida jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.
Nakanisi Masatosi 2024 yilning iyulida qo‘lga olingan edi. Oradan bir necha oy o‘tib, «Belarus 1» davlat telekanali u haqida syujyet tayyorlab, Gomelda yapon maxsus xizmati xodimi ushlangani e’lon qilindi.
«Zerkalo»ning qayd etishicha, dekabr oyida Belarusda yana bir yapon qo‘lga olingani ma’lum bo‘lgan. Uning ismi oshkor etilmagan. Ma’lum qilinishicha, gap dunyo bo‘ylab sayohat qilgan va turli davlatlarning transport hamda infratuzilmasi haqida ma’lumot berib kelgan «Eteru» trevel-blogi muallifi haqida ketmoqda. U Gomel oblastidagi ko‘prikni suratga olayotganida ushlangan.
Mavzuga oid

14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi

21:46 / 25.05.2025
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda

15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi

12:14 / 24.05.2025