Putin Ukrainaga qurol ta’minotini to‘xtatish sulhning sharti ekanini aytdi – OAV
Moskva G‘arb ittifoqchilaridan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni butunlay to‘xtatilishiga erishmoqchi.

Foto: Getty images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan hafta AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashuvda Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatishni harbiy harakatlarni to‘xtatish sharti deb atadi, deb yozdi Bloomberg Yevropa va Rossiya manbalariga tayanib. Shu bilan birga, Rossiya prezidentining ushbu talabi faqat o‘t ochishni to‘xtatish davriga tegishli.
Nashrning ikki manbasiga ko‘ra, Moskva G‘arb ittifoqchilaridan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni butunlay to‘xtatilishiga erishmoqchi, biroq «minimal maqsad» AQSh harbiy yordamini to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borishdir.
Rossiya pozitsiyasidan xabardor manbaning ta’kidlashicha, Vladimir Putin «qurol yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatishga» intilmoqda. Ukraina harbiy salohiyatini cheklashni talab qiladigan tinchlik kelishuviga erishilgach, yordam yana tiklanishi kutilmoqda.
Yevropaning yuqori martabali mulozimining aytishicha, «Yevropa o‘t ochishni to‘xtatish davrida Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga rozi bo‘lishni istamaydi», chunki, bunda Rossiya harbiylarining qayta qurollanib olish ehtimoli yuqori.
Mavzuga oid

22:06
Tramp Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat ikki soatdan ortiq davom etdi

22:02
Xitoy urushdan keyin Ukrainani tiklashga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi

21:42
Latviya Rossiya va Belarus chegarasidagi uchta nazorat-o‘tkazish punktini piyodalar uchun yopdi

20:53