O‘zbekiston | 15:54 / 21.03.2025
2398
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti O‘zbekiston rahbariga tabrik maktubi yo‘lladi.

Foto: kremlin.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

«Bahor ayyomi Navro‘z munosabati bilan eng samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz. Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan o‘zaro manfaatli ikki tomonlama aloqalarni bundan buyon ham do‘st xalqlarimiz farovonligi, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida faol rivojlantiramiz, deb ishonaman», deyiladi tabrik maktubida.

Putin O‘zbekiston prezidentiga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning barcha fuqarolariga esa baxt-saodat va farovonlik tiladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid