Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada o‘rmon yong‘inlari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi
Yong‘in Seuldan 250 km janubi-sharqda joylashgan Sanchxonda boshlangan. Hozirga qadar 1,5 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan.
Janubiy Koreyada o‘rmon yong‘inlari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi va yana olti kishi jarohat oldi. Bu haqda mamlakat qutqaruv xizmatlariga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yong‘in Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sanchxon uezdida boshlangan va boshqa hududlarga tarqalgan.
Rasmiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in natijasida 1,5 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. O‘t o‘chiruvchilar vertolyotlar yordamida yong‘inni o‘chirishga urinmoqda.
Janubiy Koreya hukumati 22 mart kuni milliy ofat rejimi joriy etilganini e’lon qildi. Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi mazkur choralar Ulsan shahri, Shimoliy va Janubiy Kyonsan provinsiyalarida kuchga kirganini ma’lum qildi.
Yong‘indan zarar ko‘rgan hududlar orqali poyezdlar harakati vaqtinda to‘xtatilgan, shuningdek, avtomagistrallar orqali ham harakat cheklangan.
O‘rmon yong‘inlari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan — ularning ikki nafari o‘t o‘chiruvchilar, shuningdek, yana olti kishi jarohat olgan bo‘lib, besh nafari og‘ir ahvolda ekani ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025