Jamiyat | 09:10 / 23.03.2025
6177
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda turistlar avtobusi tutab ketdi

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahar Mirobod tumanida turistlar avtobusida yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 22 mart kuni soat 18:07 da Toshkent shahar Mirobod tumani Oybek ko‘chasida avtobusda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushdi.

Yong‘in qutqaruv  ekipajlari aytilgan manzilga soat 18:13 da yetib borganda avtobus motor qismining elektr simlarida qisqa tutashuv sodir bo‘lgani aniqlandi.

Aytilgan manzilda avtobusda yong‘in sodir bo‘lmagani qayd etilgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid