Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Yevropa chegara va sohilni qo‘riqlash agentligi bilan hamkorlik qiladi
O‘zbekiston elchixonasi xodimi Yevropa chegara va sohilni qo‘riqlash agentligi (Frontex) tashqi aloqalar bo‘limi rahbari Giyom de Rokini-Iran bilan uchrashdi.
Unda Yevropa Ittifoqi bilan ko‘p tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari, xavfsizlik sohasidagi xalqaro tajriba va global miqyosdagi dolzarb tendensiyalar muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Frontex 2004 yilda Yevropa Ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, Yevropa davlatlari o‘rtasida chegara va sohil xavfsizligini ta’minlash, migratsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi.
Tomonlar hamkorlikni davom ettirish va o‘zaro manfaatli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi
23:08 / 06.05.2025