Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Rossiya va AQShning Ar-Riyoddagi muzokaralar bo‘yicha qo‘shma bayonoti qachon e’lon qilinishini aniqladi
CBS: Rossiya va AQShning Ar-Riyod muzokaralari bo‘yicha bayonoti 25 mart kuni soat 13:00 da e’lon qilinadi.
Vaziyatdan xabardor manbalarning CBS telekanaliga ma’lum qilishicha, Saudiya Arabistonidagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha Rossiya-Amerika qo‘shma bayonoti Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da e’lon qilinadi.
Telekanalning aniqlik kiritishicha, bu ma’lumot ikki manba tomonidan tasdiqlangan.
«Bayonot tafsilotlari hali aniq bo‘lmasa-da, Ar-Riyoddan AQSh texnik guruhi tomonidan Tramp ma’muriyatiga taqdim etilgan hisobotlar optimistik ko‘rinyapti», dedi ular.
Manbalardan birining qo‘shimcha qilishicha, bu haqda Ukraina tomoni ham xabardor etilgan.
24 mart, dushanba kuni Rossiya va AQSh delegatsiyalari Ar-Riyodda Ukrainadagi kelishuv bo‘yicha muzokara o‘tkazdi, uning asosiy mavzusi Qora dengizda kemalar xavfsizligini ta’minlash deb e’lon qilindi. O‘t ochishni to‘xtatish va infratuzilmani himoya qilish masalalari ham muhokama qilingan uchrashuv jami 12 soat davom etdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, shundan so‘ng AQSh va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida yangi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Prezident Volodimir Zelenskiy Rossiya va AQSh o‘rtasidagi Ar-Riyoddagi muzokaralarni izohlar ekan, Moskva vakillarini «urush jamoasi» deb atadi, ammo Vashingtonni Rossiya bilan muloqoti uchun qoralamadi.
Avvalroq AQSh Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishdan «bir nafas uzoqda» ekanini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
10:23 / 28.05.2025