Tailandga ishlash uchun borib, og‘ir kasallikka chalingan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi bo‘lmagani bois ushbu fuqaro tibbiy xarajatlarni to‘lashda qiyinchilikka uchragan.

Foto: Dunyo
Tailandning Pattaya shahriga ishlash uchun borib, insultga chalingan I.S. ismli O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi.
Qayd etilishicha, u og‘ir jarrohlik operatsiyasini boshdan kechirgan. Amalga oshirilgan muolajalarga qaramay, bemor tanasining chap tomoni ishlamay qolgan. I.S. Tailandga ishlash maqsadida borgan, ammo tibbiy sug‘urta olmagan, shuningdek, ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini ham tuzmagan. Ushbu holatlar tibbiy xarajatlarni to‘lashda qiyinchiliklar sabab bo‘lgan.
28 mart kuni bemorning yaqinlari, do‘stlari va faol vatandoshlar sa’y-harakatlari bilan tibbiy xarajatlarni qoplash hamda Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi samolyoti orqali bemorni O‘zbekistonga qaytarish uchun zarur mablag‘ yig‘ilgan.
Bunday holatlar ko‘payib borayotgani sabab Bangkokdagi Bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarolariga chet elga sayohat qilish yoki ishlash uchun ketayotganda tibbiy sug‘urta olish, shuningdek, ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzish zarurligini eslatib o‘tadi.
Avvalroq O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida mushkul ahvolda qolgan uch nafar ayol vatanga qaytgani, Rossiyaga ishlash uchun borgan o‘zbekistonlik mustaqil harakatlanish imkoniyatidan mahrum bo‘lib, kasalxonaga tushib qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

18:20 / 31.03.2025
Myanmadagi zilzila: tirik qolganlar xarobalar ostidan chiqarib olinmoqda, ammo yuzlab kishilar bedarak ketgan

15:51 / 30.03.2025
Myanma va Tailanddagi kuchli zilzila oqibatlari - fotosuratlar

19:42 / 29.03.2025
Myanma va Tailandda kuchli zilzila. So‘nggi ma’lumotlar

16:15 / 29.03.2025