Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
China Southern Airlines O‘zbekistonga parvozlar sonini ko‘paytiradi
Hozir aviakompaniya Toshkentdan Pekinga va Toshkentdan Urumchiga parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.
Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlar sonini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Uzbekistan Airports va China Southern Airlines kompaniyasi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, mavjud reyslar sonini oshirish va O‘zbekiston aeroportlariga yangi yo‘nalishlar ochish imkoniyatlari muhokama qilingan.
Ta’kidlanishicha, mavjud yo‘nalishlar chastotasini haftasiga yetti martagacha oshirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Hozir China Southern Airlines aviakompaniyasi Toshkentdan Pekinga (haftasiga 4 marta) va Toshkentdan Urumchiga (haftasiga 5 marta) parvozlarni amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, Uzbekistan Airports kompaniyasi Andijon, Namangan va Farg‘ona aeroportlaridan Xitoy shaharlariga yangi yo‘nalishlarni ochishni taklif qilgan.
China Southern Airlines — Guanchjou shahrida joylashgan aviakompaniya bo‘lib, mahalliy, mintaqaviy va xalqaro reyslarni amalga oshiradi.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
13:42 / 02.05.2025
"Toshkent-Madrid" yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
13:49 / 12.04.2025