Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta qo‘shinlarini xorijga joylashtiradi
Besh ming askar zirhli tank brigadasi tarkibida Litvaga, NATO sharqiy qanotini mustahkamlash uchun yuboriladi.
Germaniya Ikkinchi jahon urushidan beri ilk bor xorij davlatiga qo‘shin kiritmoqda, deb yozdi Politico. Besh ming askar zirhli tank brigadasi tarkibida Litvaga, NATO sharqiy qanotini mustahkamlash uchun yuboriladi.
Germaniya harbiy lobbi guruhiga ko‘ra, yangi tashkil etilgan 45-zirhli brigada Vilnyus yaqinidagi marosimdan so‘ng rasman xizmatga kirishdi. Vaqtinchalik shtab tuzildi va general Kristof Xuber boshchiligidagi brigadaning emblemasi taqdim etildi.
«Bizning aniq vazifamiz bor: NATO sharqiy qanotidagi litvalik ittifoqchilar xavfsizligini va erkinligini ta’minlash. Bu bilan biz NATO hududini va Germaniyaning o‘zini ham himoya qilamiz», dedi Xuber.
Hozir Litvaga 150 nafar nemis askari yetib borgan, yil oxirigacha ularning soni 500 nafar bo‘ladi.
Brigada 2027 yilga borib to‘liq shakllanadi. Rejaga ko‘ra, u Vilnyusdan taxminan 30 km janubda joylashgan Rudninkay qishlog‘i yaqinidagi yangi harbiy majmuada joylashadi. Harbiy qism nafaqat oldinga siljish kuchlarini, balki qo‘llab-quvvatlash bo‘linmalarini ham o‘z ichiga oladi - tibbiyot xodimlari, aloqa kompaniyasi va qo‘mondonlik qo‘llab-quvvatlash guruhlari. Dastlab nemis qo‘shinlari vaqtinchalik bazalarga joylashtiriladi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025