Germaniya Rossiya gazini import qilish imkoniyatidan voz kechmoqda
Germaniya Federativ Respublikasi Ukrainadagi urush yakunlanganidan so‘ng ham Rossiya gazini yetkazib berishni qayta tiklashni rejalashtirmayapti.

Lars Klingbayl. Foto: ndr.de
Germaniya Rossiya gazi ta’minotidan voz kechishga o‘rganib qoldi va unga qaytish niyati yo‘q. Bu haqda Germaniyadagi Sotsial-demokratlar partiyasi hamraisi Lars Klingbayl bayonot berdi. Uning so‘zlarini Bloomberg nashri keltirmoqda.
Nashrning yozishicha, Ukraina bo‘yicha muzokaralar jarayoni fonida Rossiyadan quvur orqali gaz yetkazib berishni qayta boshlash mumkinligi haqida «turli taxminlar» paydo bo‘lgan. Bu gaz yetkazib berish «Germaniya iqtisodiyotini tiklashda yordam berishi mumkin», deb baholanayotgan edi.
Biroq Bloomberg ta’rificha, mamlakatning kelajakdagi moliya vaziri lavozimiga asosiy da’vogar sifatida ko‘rilayotgan siyosatchi Klingbayl ushbu xabarlarni asossiz, deb hisoblamoqda.
Uning ta’kidlashicha, Germaniya hatto Ukrainadagi urush tugaganidan so‘ng ham Rossiyadan energiya resurslarini import qilishga qaram bo‘lib qolishdan ehtiyot bo‘lishi kerak. Shuningdek, uning ta’kidiga ko‘ra, bugungi kunda Berlin va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar harbiy harakatlar sababli normallashuvdan ancha yiroq turibdi.
Mavzuga oid

18:56
Rossiyada chet el fuqarolarini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha yangi xizmat tashkil etildi

17:34
AQSh Alyaskani Rossiyaga qaytarish istiqbollarini muhokama qilmoqda

11:09
Forbes: Rossiyada dollarli milliarderlar soni rekord darajaga yetdi

09:56